19:25 / 08.08.2016
9201

Erdo‘g‘an G‘arb Turkiyani yolg‘iz qoldirishga qaror qilganini aytdi

Foto:francais.rt

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an G‘arb Turkiyani mamlakatdagi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin yolg‘iz qoldirishga qaror qilganini aytdi. U bu haqda Le Monde fransuz gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.    

Erdo‘g‘anning aytishicha, G‘arb mamlakatdagi demokratik qadriyatlarni himoya qilgan Turkiyaga hamjihatlik va xayrixohlik bildirish o‘rniga uni yolg‘iz qoldirishga qaror qildi. Turkiya prezidenti G‘arb vakillari isyonning hibsga olingan ishtirokchilari soni va Fathulla Gulen tarafdorlarining taqib qilinishini shubha ostiga qo‘yishi kerakmasligini aytdi.   

"Charlie Hebdo’ga hujumdan keyin butun dunyo bunga o‘z munosabatini bildirdi. Turkiya bosh vaziri o‘shanda Parijga yo‘l olgandi. G‘arb yetakchilari ham mening davlatimda yuz bergan hodisalarga shunday munosabat bildirishi va Turkiyaga kelishlarini istardim", deb aytdi Erdo‘g‘an.

Top