08:20 / 08.08.2016
7673

Erdo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishda rekord sondagi ishtirokchilar qatnashdi

Foto: zumapress.com

7 avgustda Istanbulda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlovchi namoyish deyarli 5 mln kishini yig‘di, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi. 

Jurnalistlarning ma'lumotlariga ko‘ra, namoyishchilar davlat to‘ntaruviga yangi urinishlarga qarshi chiqdilar va amaldagi hukumatni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar. Namoyishchilar oldida Erdo‘g‘an, bosh vazir va siyosiy partiyalar yetakchilari nutq so‘zladilar. 

Ma'lum qilinishicha, rekord darajadagi odamni yiqqan namoyish milliy madhiya sadolari ostida boshlangan. Shundan keyin Erdo‘g‘an nutq so‘zlagan. Erdo‘g‘an davlat to‘ntaruviga yangi urinishlarning oldini olish uchun parlament o‘lim jazosi kiritilishi haqidagi qonunni qabul qilsa, uni imzolashga tayyorligini aytgan.

Top