17:43 / 08.08.2016
5787

Rasmiy Anqara «Turk oqimi»ni qayta tiklashga tayyor

Foto: TASS

Anqara ma'muriyati «Turk oqimi» gaz quvuri qurilishini boshlash uchun zaruriy ishlarni amalga oshirishga tayyor, deb bayonot bergan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an TASS agentligiga bergan intervyusida. 

«Biz ushbu loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan choralarni zudlik bilan amalga oshirish, uni muhokama etib, qaror qabul qilishga tayyormiz», — degan turk yetakchisi. U shuningdek, Rossiya bilan energetika sohasidagi hamkorlikning ahamiyatiga urg‘u bergan. 

«2016-yil iyul oyi yakuniga ko‘ra, Rossiyadan import qilingan tabiy gaz hajmi 12,5 mlrd kub metrni tashkil etgani Turkiya Rossiya uchun ushbu sohadagi naqadar muhim hamkor ekanini isbotlaydi», — deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.

Top