Rio-de-Janeyro Olimpiadasiga 73 kg vazn toifasida yo‘l olgan o‘zbekistonlik dzyudochi Mirali Sharipov nimchorak finalga o‘tish uchun niderlandiyalik Elmont Deksga qarshi tatamiga chiqdi. U dastlabki saralash bosqichidayoq imkoniyatni boy berdi.
Yevropa chempioni hisoblangan niderlandiyalik Deks Elmont Mirali Sharipovni "vazari" bahosi bilan yengdi.
Mirali Sharipov turnirdagi ishtirokini to‘xtatdi.