18:51 / 08.08.2016
21284

UMS aloqa operatorining logotipi o‘zgardi

O‘zbekiston UMS  aloqa operatorining “Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida kompaniya o‘z logotipini o‘zgartirganligiga guvoh bo‘lish mumkin. Logotipdagi tuxum belgisi olib tashlangan. Ammo qizil-oq ranglar saqlab qolingan.

Bundan tashqari, kompaniya rasmiy saytida ham kompaniyaning logotipi o‘zgargan.UMS logotip o‘zgarishi yuzasidan Facebook’dagi rasmiy sahifasida ham, rasmiy saytida ham izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning MTS kompaniyasi 5 avgust kuni kechqurun o‘zining O‘zbekistonda tashkil etilgan Universal Mobile Systems (UMS) qo‘shma korxonasidagi 50,01 foizlik ulushini sotgani haqida ma'lum qilgan edi.

Top