02:22 / 08.08.2016
10236

«Vikipediya» asoschisi – 50 yoshda

«Vikipediya» asoschisi Jimmi Ueyls 7 avgust kuni o‘zining 50 yoshligini nishonladi. Amerikalik internet tadbirkori va Vikimedia Fondining raisi, Wikia, Inc. Kompaniyasi direktori butun dunyoga nimasi bilan mashhur? U har bir internet foydalanuvchisiga butun dunyo bilimlarining kalitini taqdim etgan, uning ixtirosi tufayli biz internetdan so‘ragan ma'lumotimizni topa olamiz. Shunisi diqqatga sazovorki, bu ma'lumotlar muntazam ravishda yangilanib boriladi. Viki konsepsiyasi g‘oyasi muallifi – bizning fotojamlanmamizda. 

1. Jimmi Ueyls Floridadagi “Vikipediya” idorasida, 2006 yil

2. “Vikipediya” asoschisi Jimmi Ueyls, Britaniya moliya vaziri Jorj Osborn va dasturchi Tom Hartli  internet foydalanuvchilarning Campus Party Jahon kengashida, 2013 yil

3. Jimmi Ueyls

4. 2015 yilda “Vikipediya” xalqaro hamkorlik tasnifida Asturiya malikasi mukofotining sovrindori bo‘lgan. Suratda: Jimmi Ueyls Ispaniyaning Ovedosidagi oqshomda jamoasi bilan

5. Jimmi Ueyls Bryusseldagi FOSDEM 2005 anjumanida ishtirok etmoqda

6. Jimmi Ueyls Time jurnali tomonidan dunyoning eng nufuzli 100 kishisi sharafiga tashkil etilgan oqshomda, 2006 yil

7. Jimmi Ueyls uchinchi turmush o‘rtog‘i Keyt Garvi bilan, u o‘z vaqtida bosh vazir Toni Blerning kotibasi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan

8. Jimmi Ueyls Parij markazidagi parkda 

9. Jimmi Ueyls

Top