19:22 / 09.08.2016
8945

AQShda Ferrari 458 Speciale bilan bog‘liq ayanchli hodisa ro‘y berdi

AQShning Greyt-Fols shahrida (Virginiya shtati) noxush hodisa ro‘y berdi. 80-yillarda chiqarilgan eski Mercedes-Benz 380SL avtoulovini boshqarayotgan ayol Ferrari 458 Speciale superkariga borib urildi. Bu haqda Huffington Post yozmoqda.
Ferrari egasi paydo bo‘lmagunicha, ayol nima bo‘layotganini anglamagan.  «Siz rostan shunday qilyapsizmi? Men hayotimda bundan ortiq ahmoqona ish ko‘rmaganman», — degan unga superkar egasi.

2015 yilda chiqarilgan Ferrari 458 Speciale superkarining narxi 300 ming AQSh dollari turadi.

Top