08:47 / 09.08.2016
4795

Federer 35 yoshida top-3 reytingiga kirgan jahondagi uchinchi tennischi bo‘ldi

Afsonaviy shveysariyalik tennischi Rojyer Federer ATP reytingining top-3ligiga 35 yoshida kirgan uchinchi sportchi bo‘ldi. Rojyer 8 avgust kuni 35 yoshini nishonlagan edi. Ungacha ushbu ro‘yxatga avstraliyalik ikki nafar tennischi - Rod Leyver va Ken Rouzvollar kirgan.

Eslatib o‘tamiz, Federer tizzasidan olgan jarohati sabab mavsumni muddatidan oldin yakunlashga majbur bo‘lgan edi. Shu bois yaqin kunlarda reyting ochkolarini yo‘qotish ehtimoli mavjud.

Top