09:40 / 09.08.2016
5784

Nagasakida atom bombasi qurbonlari xotirasi yodga olindi

Yaponiyaning Nagasaki shahrida 71 yil muqaddam shaharga tashlangan atom bombasida halok bo‘lganlarning xotirasini yodga olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda, mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe va 50dan ortiq mamlakatlardan kelgan mehmonlar qatnashgan. 

Yodga olish marosimi Nagasakida 21 kilotonnalik atom bombasi portlagan mahalliy vaqt kunduzgi 11:02da bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi. 

To‘planganlar oldida chiqish qilgan Nagasaki hokimi Tomixisa Taue, AQSh prezidenti Barak Obamaga G7 sammiti doirasida shaharga tashrif buyurgani uchun minnatdorlik bildirib, jahon davlatlari yetakchilarini atom bombasi vahshatlarini shaxsan kelib ko‘rishga chaqirdi. 

"Biz davlatlar rahbarlarini Nagasaki va Xirosimaga taklif etishda davom etamiz", — degan mer. 

Nagasaki shahrida 74 ming tinch aholi vakili atom bombasi portlashidan bir lahzada halok bo‘lgan. Yapon matbuotining yozishicha, ular orasida 12 ming yaponiyalik nasroniy hamda mehnat surguniga uchragan xitoylik va koreyaliklar  ham hayotdan ko‘z yumgan. Institutlar, maktablar va shifoxonalar vayron bo‘lgan. 

Umuman, Xirosima va Nagasakida halok bo‘lganlarning umumiy soni 214 ming nafarga yetadi. Ayni shaharlar insoniyat tarixida yadro qurolining achchiq oqibatlarini boshidan kechirgan shaharlardir.

Top