23:09 / 09.08.2016
17194

Rossiya va Turkiya delegatsiyalari tushligi vaqtida Putin va Erdo‘g‘anning tasviri tushirilgan antiqa likopchalar payqaldi

Turk OAV, jumladan, Star va Sabah gazetalari Rossiya va Turkiya prezidentlarining uchrashuvi haqidagi o‘z maqolalarida Rossiya va Turkiya delegatsiyalari tushligi vaqtida Putin va Erdo‘g‘anning qo‘l siqishib tushgan tasviri tushirilgan likopchalarga e'tibor qaratishdi va buni Rossiya tomonidan bildirilgan "olijanoblik" deb atashdi.

Sabah gazetasi ushbu holat tasvirlangan suratni "Do‘stona tushlikda e'tiborni jalb qiluvchi olijanoblik" degan yozuv bilan izohladi.

Erdo‘g‘an 9 avgustda Sankt-Peterburgga Putin bilan uchrashuv o‘tkazgani keldi. Putin turkiyalik hamkasbini Konstantinov saroyidagi grek mehmonxonasida kutib oldi. Uchrashuv ikki davlat yetakchisining qo‘l siqishib ko‘rishishi bilan boshlandi.

Top