07:10 / 10.08.2016
4060

AQSh Turkiya muhojirlar haqidagi kelishuv bo‘yicha barcha majburiyatlariga amal qilishiga umid qilmoqda

Foto: © AFP

AQSh Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan muhojirlar haqidagi kelishuv bo‘yicha barcha majburiyatlariga amal qilishiga umid qilmoqda, deb aytdi 9 avgustda AQSh Davlat departamenti vakili Elizabet Tryudo.

"Muhojirlar bo‘yicha kelishuvga kelsak, biz aytganimizdek, uni muhim deb hisoblaymiz. Biz bu jarayon oldinga borishiga umid qilamiz", deb izoh berdi Turkiyaning YeI ishlari bo‘yicha vaziri Omer Chelikning gaplariga Tryudo. 

Avvalroq Chelik agar Bryussel Turkiya fuqarolari uchun viza cheklovlarining bekor qilinishi sanasini belgilamasa, unda Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan migratsiya kelishuvi doirasidagi majburiyatlarini bajarishdan to‘xtatishini aytgandi.

Top