08:02 / 10.08.2016
7522

Amerikalik suzuvchi Felps 20 karra Olimpiya chempioni bo‘ldi

Foto:rustelegraph.ru

AQShlik nomdor suzuvchi Maykl Felps o‘z faoliyatidagi yigirmanchi Olimpiya oltin medalini qo‘lga kiritdi. Sportchi Riodagi suzish musobaqalarida 200 metrga batterflyay usulida suzishda raqiblarini dog‘da qoldirdi.

Kumush medal yaponiyalik Masato Sakaiga, bronza medal esa vengriyalik Tamash Kendereshiga nasib etdi. 
Felps uchun bu oltin medal Riodagi ikkinchisi bo‘ldi. Avvalroq u krol usulida 4x100 metr estafeta bahsida AQSh terma jamoasi safida oltin medalni qo‘lga kiritgandi. 

Felps navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritgach, o‘zining rekordini yaxshiladi. U Olimpiada tarixida eng ko‘p Olimpiya medalini qo‘lga kiritgan sportchi hisoblanadi. Uning ortidan rossiyalik sobiq gimnastikachi Larisa Latinina 9 ta oldin medal bilan kelmoqda.

Top