12:07 / 10.08.2016
157267

Yangi Nexia 3 avtomobili narxlari ma'lum qilindi

"Rohat Uzavtotexxizmat" avtosaloni Facebook sahifasiga avtomobillar narxini joylashtirdi. Sahifada salondagi avtomobillar surati ham ilova qilingan. Unda keltirilishicha, Chevrolet Nexia R3 avtomobilining 1-pozitsiyasi — 7 732 AQSh dollari, 2-pozitsiyasi — 8 656 AQSh dollari va avtomat qutiga ega 4-pozitsiyasi 62.8 mln so‘m turadi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari shartnoma bor-yo‘qligi hamda pul to‘lansa, qachon chiqishi bilan qiziqqan. Avtosalon ma'muri oktabr va noyabr oylariga chiqishini ma'lum qilgan.

Facebook foydalanuvchilaridan biri narxlar ro‘yxatini surishtirgan. Avtosalon ma'muri quyidagi ro‘yxatni taqdim etgan.

T250 platformasidagi uchinchi avlod Nexia zamonaviy va tejamkor dvigatel, 5 pog‘onali mexanik va 6 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi, passiv xavfsizlik tizimi (xavfsizlik yostiqchalari, ABS, bolalar o‘rindiqlarini mahkamlash tizimi) bilan jihozlangan.

GM Uzbekistan ushbu mashinalardan yil oxirigacha 14,8 ming dona sotishni mo‘ljallamoqda.

 

Top