22:10 / 10.08.2016
6179

Xakerlar iOS operatsion tizimidagi zaif joylar uchun Apple’dan 300 ming dollarga ko‘proq haq to‘lamoqchi

Exodus Intelligence xakerlik kompaniyasi iOS operatsion tizimining xavfsizlik tizimida topilgan zaif joylar uchun 500 ming dollargacha mukofot puli e'lon qildi. Bu Apple kompaniyasi tomonidan va'da qilingan maksimal mukofot pulidan 300 ming dollarga ko‘proqdir, deb xabar bermoqda 9to5mac.com.

Exodus turli dasturlardagi zaif joylar haqidagi ma'lumotni sotib olish va uni tizimlarni buzish bilan shug‘ullanuvchilarga qayta sotish bilan shug‘ullanadi.

Xakerlar, shuningdek, Google Chrome brauzeridagi zaif joy haqidagi ma'lumot uchun 150 ming dollar, Microsoft Edge’dagiga 125 ming dollar va Firefox himoyasidagi nuqsonlar haqidagi ma'lumot uchun 80 ming dollar va'da qilgan.

Top