15:51 / 10.08.2016
5887

Xitoy kompaniyasi 19 mln dollar evaziga orol sotib oldi

Shanxayda faoliyat yurituvchi China Capital Investment Group kompaniyasi Avstraliyaning Kvinslend hududida joylashgan Katta to‘siqli marjonlar orollaridan birini xarid qildi, deb xabar qilmoqda «Sinxua» agentligi. Buning uchun Xitoy kompaniyasi 19 mln dollar mablag‘ sarflagan.

Orolda 12 gektarlik tashqi cho‘milish havzasi va 188 o‘rinlik mehmonxona mavjud. 

Kompaniya orolda 1300 o‘rinlik dam olish maskanini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Mazkur loyiha hukumatlar tomonidan tasdiqlansagina amalga oshadi. 

15 yil mobaynida orolga egalik qilgan Kreyg Ross uni aprel oyida sotuvga qo‘ygan edi. Orolni ajoyib deb tasvirlagan Ross, savdodan so‘ng uning yangi egalariga omad tilagan.

Top