15:43 / 10.08.2016
6930

Megan Foks va Brayan Ostin Grinlar oilasida uchinchi farzand dunyoga keldi

Hollivudlik aktyorlar Megan Foks va Brayan Ostin Grinlar uchinchi marta –ota-ona bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda E! Online. O‘g‘il farzand 4-avgustda tug‘ilgan bo‘lsa ham, bu haqda endi xabar qilingan. Unga Jorni River Grin deb ism qo‘yishgan.

Aytish joizki, bu farzand Foks va Grinning uchinchi o‘g‘lidir. Undan kattalarining yoshi 3 va 2da. 

Aktrisaning homiladorligi haqida 2016-yil aprelida xabar qilingan edi. 2015-yil avgustida Foks Grin bilan 11 yil birga yashagach, ajralish uchun ariza topshirgandi. Shundan 5 yilini juftlik rasmiy nikohda o‘tkazgan. 

Foks «Transformerlar» va «Toshbaqa ninzalar» filmlari orqali yaxshi tanish. Grin esa, «Beverli-Xillz» serialida suratga tushgan.

Top