23:35 / 10.08.2016
9904

NASA tasodifan bebaho eksponatni sotib yubordi

AQShning Milliy koinot agentligi (NASA) sobiq fazogir Nil Armstrong o‘zi bilan birga Oyga olgan sumkani tasodifan sotib yubordi. Fazogir bu sumkaga Oydagi tuproq namunalarini yiqqan.
   
Noyob eksponat xatolik tufayli auksionga qo‘yilgan va bir onda ming dollardan kamroq narxga sotib yuborilgan.

Sumkaning yangi egasi Illinoys shtatida yashovchi Nensi Karlson uni haqiqiyligini tekshirish uchun ekspertizaga yuborishga ulgurgan. Karlson sumka haqiqiyligi haqida tasdiqni olgach, bu noyob buyumni o‘zida doimga qoldirish uchun advokatlarga murojaat qilgan.

NASA’da bu orada auksion natijasini texnik nosozlikka ro‘kach qilib, bekor qilishga urinilmoqda. Endi bu masala sudda hal qilinadigan bo‘lmoqda.

Top