19:44 / 10.08.2016
14602

Olma-otalik taksist qanday qilib mashhur bo‘lib ketgani haqida hikoya qildi

Olma-otalik taksist u haqida ijtimoiy tarmoqlarda gapirishganidan so‘ng, mashhurlashib ketganini hikoya qildi. 61 yoshli Berik Axmetov Tengrinews.kz muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda Olma-otada 10 yildan buyon kirakashlik qilishini ma'lum qildi. Va shu paytga qadar bunchalik buyurtma olganini eslay olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Olma-otada yashovchi Dasha Strekozova bir necha kun oldin “Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida g‘aroyib taksist haqida post qoldiradi. Uning aytishicha u Berikning mashinasiga tasodifan o‘tirib qoladi. Salonga o‘tirgach, esa hayratdan dong qotadi. Chunki mashina ichidagi maxsus qoplamalarda gazli va gazsiz suvlar, jurnallar, dastro‘mollar joylashtirilgan edi. Bundan tashqari, konditsoner ham ishlab turgan edi. Darvoqe, Berik kumushrang Toyota 40 rusumli mashina haydaydi.

"Bu haqida eshitib, o‘zim ham lol qoldim. Barcha qo‘ng‘iroq qilishni boshladi, men hatto hamma buyurtmalarga ulgura olmay ham qoldim. To‘g‘risini aytsam, o‘sha qizdan minnatdorman", - deb kuladi Berik Axmetov.

61 yoshli taksistning to‘rt nafar farzandi va ikki nafar nabirasi bor.

Top