00:21 / 10.08.2016
8713

Putin Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi avvalgi munosabatlardan ham "uzoqroqqa" borish istagini bildirdi

Foto:gazeta.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Turkiya o‘z savdo-iqtisodiy hamkorligining nafaqat avvalgidek darajasini tiklashi, balki undan uzoqroqqa borishi kerakligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Biz nafaqat avvalgi darajani tiklamoqchimiz, balki uni oshirib, yanada uzoqroqqa bormoqchimiz – sizning yordamingiz, faol ishtirokingizda buning albatta iloji bor", deb aytdi Putin Rossiya va Turkiya ishbilarmon doiralari bilan uchrashuvda.

Putin uchrashuvdagilar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda savdo va investitsion aloqalarni oshirishdan manfaatdor ekanliklarini ta'kidlab o‘tdi.   

Rossiya prezidenti "Bo‘sh joy egasiz qolmaydi" degan maqolni keltirib, ikki tomonlama munosabatlardagi inqiroz sababli Rossiyada turk kompaniyalarining o‘rnini Rossiya va boshqa davlatlar kompaniyalari egallaganini aytib o‘tdi.

"Bizda "buzish – qurish emas" degan naql bor, ya'ni barcha narsani tez buzish mumkin, qurish esa doimo qiyindir, biroq biz Rossiya tomondam ham, Turkiya tomonidan ham barchamiz birgalikdagi yaratuvchanlik ishiga tayyormiz", deb aytdi Putin.

Top