15:27 / 10.08.2016
9278

Rasmiy Anqara G‘arb Turkiyani "boy berishi" sababiga oydinlik kiritdi

Foto: AP

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lining bayonot berishicha, G‘arb rasmiy Anqaraning Xitoy yoki Rossiya bilan munosabatlari tufayli emas, balki o‘z xatolari sababli Turkiyani "yo‘qotib qo‘yishi" mumkin. 

"Agar G‘arb Turkiyani boy bersa, RF, XXR va yoki Islom dunyosi bilan munosabatlarning bunda hech qanday ta'siri yo‘q. U, o‘z xatolari sabab Turkiyani yo‘qotadi", — degan Chavusho‘g‘li Anadolu agentligiga bergan intervyusida. 

"YeI o‘ta jiddiy xatolarni sodir etmoqda, jumladan davlat to‘ntarishiga urinishni qo‘llab-quvvatlash masalasida ham", — degan tashqi ishlar vaziri.

Top