«Real» UYeFA Superkubogi uchun bahsda «Sevilya» ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Norvegiyaning Tronxeym shahridagi "Lerkendal" stadionida kechgan bahs madridliklarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shu vaqtgacha YeChL g‘oliblari va Yevropa Ligasi (avvalgi UYeFA Kubogi - tahr.) g‘oliblari o‘rtasida Superkubok uchun 16 marta bahs o‘tkazilgandi. Endilikda YeChL g‘oliblari tomoni bu qarama-qarshilikda 10:7 hisobida ustunlik qilmoqda. O‘tgan yili ham YeChL g‘olibi Yevropa Ligasi g‘olibini yenggandi, o‘shanda «Barselona» «Sevilya»ni yenggandi (5:4).
«Real» o‘z tarixida uchinchi marta UYeFA Superkubogiga ega chiqdi. «Barselona» va «Milan»dan beshtadan g‘oliblik bor. «Sevilya» bu kubokni faqat bir marta o‘ziniki qilgan.
Manba: Tribuna.uz