18:27 / 10.08.2016
2964

WSJ: Facebook reklamalarni to‘sib qo‘yuvchilarga qarshi kurashishni o‘rgandi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i, foydalanuvchilarning barchasiga, garchi ularning ayrimlari maxsus to‘suvchilarni qo‘llagan taqdirda ham reklamani namoyish eta oladi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Ijtimoiy tarmoqda aniqlik kiritishlaricha, ular sahifalardagi reklama bloklarining joylashuvini o‘zgartirishga urinishadi, shu bilan to‘suvchi dastur uni aniqlashga qiynaladi. 

«Facebook reklama bilan mavjud. Shu bois, bu kabi e'lonlar ijtimoiy tarmoqning uzviy qismidir», — deb qayd etgan Facebook tarmog‘ining reklama bo‘yicha vitse-prezidenti Endryu Bosvort.

So‘nggi tadqiqot natijalariga ko‘ra, AQSh internet foydalanuvchilarining 26 foizi reklamani to‘sib qo‘yuvchi maxsus dasturlarni qo‘llaydi. Facebook tarmoqning qaysi tabaqasi reklamani to‘sib qo‘yishiga oydinlik kiritmagan.

Top