14:14 / 11.08.2016
13559

Alsu uchinchi bor ona bo‘ldi

Qo‘shiqchi Alsu yana bir bor ona bo‘ldi. Bu haqda san'atkor vakiliga asoslanib, Hello.ru xabar bermoqda. Alsu va uning turmush o‘rtog‘i, biznesmen Yan Abramovlar oilasida Rafael ismli go‘dak tug‘ilgan.

«Oilamizga xo‘sh kelibsan, bizning kichkina mo‘'jizamiz Rafael», – deb yozadi Alsu instagramdagi o‘z sahifasida. Qo‘shiqchining ta'kidlashicha, bolaning ismi ularning oilasida alohida ahamiyatga ega.

Alsu, shuningdek, iliq fikr bildirgan barchaga tashakkur yo‘llagan.

Juftlik 2016 yilda nikohlarining 10 yilligini nishonlashgan edi. Rafaeldan tashqari ularning oilasida ikki qizaloq voyaga yetmoqda. Safina 2006 yilda tug‘ilgan bo‘lsa, Mikella 2009 yilda dunyo yuzini ko‘rgan.

Top