12:44 / 11.08.2016
6551

Berdiyev bugun «Spartak» bilan shartnoma imzolaydi

O‘tgan hafta oxirida «Rostov» bosh murabbiyligidan ketgan Qurbon Berdiyev bugun Moskvaning «Spartak» jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Ushbu 63 mutaxassis bilan shartnoma "2+1" shaklida bo‘lishi aytilgan. 

Berdiyev Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish uchun ham asosiy nomzod sifatida qaralmoqda edi. Ammo RFI Stanislav Cherchesov nomzodiga to‘xtaldi.

«Spartak» 5 avgust kuni Dmitriy Alenichevni iste'foga chiqargach, bosh murabbiy lavozimi bo‘sh turibdi.

Manba: Tribuna.uz

Top