07:37 / 11.08.2016
3506

Bryusselga kelayotgan samolyotlarda bomba borligi haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi

10 avgustda Bryusselga kelayotgan ikkita samolyotda bomba bo‘lishi mumkinligi haqida xabar paydo bo‘lgandi. Oslodan kelayotgan samolyotlardan biri SAS aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib, Bryussel aeroportida qo‘ngan. Ikkinchisi esa Air Arabia Maroc aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib, Marokashdan kelayotgan bo‘lgan. Bu samolyot Tuluzada qo‘nishga majbur bo‘lgan. Keyinroq bu xabar yolg‘on ekanligi ma'lum bo‘lgan.

Bryussel o‘t-o‘chirish-qutqaruv xizmati rasmiy vakili Per Meis samolyotlarda bomba borligi haqidagi xabar shahardagi shifoxonalardan biridan shoshilinch xizmat raqami "112"ga kelib tushganini aytgan.

"Gap Bryusseldagi "112" xizmatiga kelib tushgan qo‘ng‘iroq haqida ketmoqda. Bryussel "112" xizmati Belgocontrol’ga qo‘ng‘iroq qilib, bomba qo‘yilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan samolyotlar haqida so‘ramoqchi bo‘lganda, Belgocontrol’da samolyotlar qo‘nib bo‘lganini aytishgan. Gap ehtimol ataylab qilingan yolg‘on tahdid haqida ketmoqda", degan Meis. 

Shu bilan birga u qo‘ng‘iroq qaysi shifoxonadan qilingani hozircha noma'lumligini aytgan.

Top