10:22 / 11.08.2016
10333

Bo‘ron 17 ming tonnalik burg‘ilash platformasini joyidan siljitib yubordi

Kuchli dengiz bo‘roni Shotlandiya sohillari yaqiniga o‘rnatilgan Transocean Winner neft qazib olish platformasini joyidan ko‘chirib yubordi, deb xabar qilmoqda «Bi-bi-si».

Hodisa, 8-avgustga o‘tar kechasi Shotlandiyaning Lyuis oroli sohilbo‘yi chegarasida sodir bo‘lgan. Dengiz bo‘roni vaqtida neft platformasi buksirdan uzilib ketgan va mahalliy qishloq yaqinidagi sayozlikda turib qolgan. Ushbu voqeada hech kim jabrlanmagan.

Top