15:02 / 11.08.2016
4691

Cherchesov rasman Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Stanislav Cherchesov Rossiya terma jamoasini boshqaradi.

52 yoshli mutaxassis RFI bilan 2 yillik shartnoma tuzgan.

«Match TV» ma'lumotiga ko‘ra, murabbiylar shtabining umumiy yillik maoshi miqdori 2,8 million yevroni tashkil etadi, Cherchesovning o‘ziga esa – 2 million yevrolik maosh tayinlangan. Cherchesovning shtabi Gintaras Stauch, Miroslav Romashchenko va Vladimir Panikov kabi mutaxassislardan tuzilgan. Bu mutaxassislar bilan Cherchesov «Terek», «Amkar», «Dinamo» va «Legiya» jamoalarida birga ishlagan.

Eduard Bezuglov Rossiya terma jamoasida tibbiy bo‘lim rahbari sifatida lavozimini saqlab qolgan. U Stanislav Cherchesov bilan birga kelgan shifokorlar hamkorligida faoliyat ko‘rsatishda davom etadi.

Manba: Tribuna.uz

Top