21:36 / 11.08.2016
5734

Hindistonda xususiy kompaniyalarga o‘qotar qurol ishlab chiqarish va eksport qilishga ruxsat berildi

Foto:roe.ru

Hindiston hukumati mamlakatning xususiy korxonalariga xorijiy kompaniyalar bilan birga investitsiyalar hajmi 49 foizdan oshmagan holda o‘qotar qurol ishlab chiqarish va eksport qilishga ruxsat berishga qaror qildi. Bu haqda The Economic Times gazetasi xabar bermoqda.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, qaror mamlakat mudofaa vazirligi bir necha oydan beri "Hindistonda yasa" dasturini ilgari surish doirasida shug‘ullanayotgan mudofaa xaridlari qoidalarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilindi. 

"Mudofaa xaridlarining yangi qoidalari bitimlarni o‘tkazishning shaffofligi va tezkorligini ko‘zda tutadi, biroq asosiysi – hukumat barcha davlatlar ishlab chiqaruvchilarini bizning mudofaa sanoatimiz rivojiga o‘z ulushini qo‘shishga taklif qiladi", deb aytdi mudofaa vaziri Manoxar Parrikar.

Oqibatda Hindistonning mudofaa xaridlari bo‘yicha qo‘mitasi o‘qotar qurolni ishlab chiqarishga nafaqat davlat korxonalarini, balki xususiy kompaniyalarni ham qo‘yish bo‘yicha muhim qarorni qabul qildi. Bu xususiy korxonalar tegishli litsenziyani olganlaridan keyin xorijiy kapital 49 foizgacha bo‘lgan qo‘shma korxona yaratishlari mumkin. Hozirgacha Hindistonda o‘qotar qurolni ishlab chiqarish bilan davlat korxonalari shug‘ullanib kelgan, bunda uni eksport qilish masalasi quvvatlarning yetishmasligi sababli qo‘yilmagan. 

Hindiston qurolli kuchlarining uch turdagi qo‘shinlari, politsiyaning harbiylashtirilgan kuchlari va shtatlar politsiyalarining zamonaviy o‘qotar qurolga ehtiyoji uning yillik ishlab chiqarilishini nafaqat to‘liq qoplaydi, balki xorijdan katta miqdorda eksport qilinishini ham talab qiladi.

Top