15:29 / 11.08.2016
4397

Islandiya prezidenti o‘z fuqarolariga murojaat qilishning zamonaviy usulidan foydalanmoqchi

Shu yilning 1-avgustidan Islandiya davlat rahbari lavozimiga kirishgan Gudni Yoxannesson, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining prezidentlik sahifasiga ega bo‘lishi barobarida obunachilarning savollariga imkon qadar o‘zi javob berishga va'da berdi. 

"Ijtimoiy tarmoqdagi sahifamga xush kelibsiz. Men bu yerda Islandiya prezidenti lavozimida amalga oshirmoqchi bo‘lgan loyihalar haqida e'lon qilmoqchiman. Iltimos qilamanki, mening har kungi faoliyatimni kuzatib borasiz, - deya murojaat qilgan davlat rahbari o‘zining ilk xabarida. –Mening ish tartibim juda ham zich bo‘ladigan ko‘rinadi. Shunga ko‘ra, men ushbu sahifada paydo bo‘ladigan savollarning barchasiga shaxsan javob berishga va'da berolmasam-da, biroq buning uchun barcha imkoniyatimni ishga solaman".

Gudni Yoxannessonning fikricha, ijtimoiy tarmoqlar siyosatchi uchun o‘z vatandoshlarini yaqindan bilish, ularning hissiyotlari va tashvishga solayotgan narsalaridan xabardor bo‘lishda ajoyib imkondir. Mamlakat hukumati bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati esa, demokratiyaning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Uning yaqinda ingliz tilida chop etiladigan The Reykjavik Grapevine jurnaliga bergan intervyusida aytishicha, Gudni Islandiya universiteti va bundan avval London universitetida dars bergan chog‘larida, o‘z auditoriyasi bilan muloqotni yo‘qotib qo‘yishdan xavotirda bo‘lganini ta'kidlagandi.

Top