15:06 / 11.08.2016
24870

Murod Nazarovdan master-klass: “Ona zaminda yashash, sevish va muvaffaqiyatga erishish”

10 sentabr kuni Toshkent shahrida omadli ishbilarmon, Murad Buildings qurilish-developer kompaniyasining asoschisi Murod Nazarovning “Ona zaminda yashash, sevish va muvaffaqiyatga erishish” nomli master-klassi bo‘lib o‘tadi. Master-klassda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida eng yaxshi xalqaro murabbiylardan biri Maykl Beng ishtirok etadi. 

Omadning haqiqiy kaliti katta maqsadlarni ko‘zlash va ularga erishish yo‘lida to‘g‘ri qarorlar qabul qilishdan iboratdir. Mazkur master-klassning o‘ziga xosligi shundaki, u O‘zbekistondagi amaliy tajriba va muvaffaqiyatga asoslangan. Murod Nazarov va taklif qilingan ekspert Maykl Beng o‘z maslahatlari va qimmatli tajribalari bilan o‘rtoqlashishadi, shu bilan birga sizga ilhom bag‘ishlashadi. Bu ajoyib master-klass sizning dunyoqarashingizni va umuman hayotingizni o‘zgartirib yuborishi mumkin, zero bugungi kunga kelib, bunday master-klasslar – yangi bilimlarni egallashning eng samarali usullaridan biriga aylanmoqda. Orzu qilganga yarasha, chin dildan orzu qilish kerak va bunda nafaqat boy bo‘lish, balki baxtli bo‘lish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Tadbirda ishtirokchilar o‘z ishining e'tirofga sazovor bo‘lgan ustalariga savollar bilan murojaat qilishlari, hamkorlik va do‘stona munosabatlarga zamin yasashi mumkin bo‘lgan yangi qiziq tanishuvlarni yo‘lga qo‘yish imkoniga ega bo‘lishadi.     

Master-klass nafaqat endigina ish boshlayotgan tadbirkorlar uchun, balki ona zaminda yashab, sevib, muvaffaqiyatga erishishni xohlovchi barcha ishbilarmonlar uchun qiziq bo‘lishi shubhasiz. Yoshlar va endigina ish boshlovchi tadbirkorlarning ushbu tadbirda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish uchun imtiyozlar yaratilgan. Ushbu master-klassda ishtirok etish – O‘zbekistonda biznes yuritish noyob tajribasi haqida bilimga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat. 

“Ikki metr biznesni yo‘lga qo‘yish va boshqarishning izchil usullari bilan o‘rtoqlashishadi, biznes, savdo-sotiq, xizmat ko‘rsatish va taym-menejmentda, shuningdek hayotimizdagi boshqa dolzarb sohalarda muhim prinsiplarni qo‘llash hisobiga yanada ishonchli va vakolatli harakat qilishga ko‘maklashishadi. So‘zga chiquvchilarning ulkan tajribasi nafaqat nazariyaga, balki amaliyotga asoslangan, zamonaviy O‘zbekiston sharoitiga moslashgan dolzarb  maslahatlar bilan o‘rtoqlashish imkonini beradi. Xususan, Murod Nazarov o‘z hayoti tafsilotlari  bilan bo‘lishadi, boshqalar takrorlamasligi uchun yo‘l qo‘ygan xatolari haqida so‘zlab beradi. Master-klassda istaklarni amalga oshirishning sinalgan samarali usullariga batafsil to‘xtalib o‘tiladi. Murod Nazarov va Maykl Bengning missiyalari shunisi bilan o‘xshashki, ularning ikkisi ham hayotni yanada yaxshiroq qilish va atrofdagi insonlarga baxt ulashishga harakat qilishadi”, - deya ta'kidlaydi BeTheChangeGroup rahbari Lev Gavrish

Seminar 2016 yilning 10 sentabrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir dasturida ishtirokchilarning bir-birlari bilan muloqot qilishlari uchun tanaffuslar bo‘lishi ko‘zlangan. Tashrif buyurgan barcha mehmonlarni spiker sovg‘alari kutmoqda. Tadbir va chiptalarni qo‘lga kiritishga doir qo‘shimcha ma'lumotlarni  www.change.uz sayti yoki (+99890) 994-12-11, (+99890) 995-12-11 telefonlari orqali olishingiz mumkin. 

Hamkorlar: NESCAFEGOLDBarista, vPodarok.uz, UniquePresentMediaHolding, AfishaMedia, Gazeta.uz, MICEGroup, ChekhovSportClub, WebNow, Bruno, Razzione, IBT, LEDDESIGNGROUP, SalomTelekom, Kurerskaya slujba TezGo, Istemolchi.uz, MagicGalaxy. 

Spikerlar haqida

Murad Nazarov — omadli ishbilarmon va tadbirkor, Murad Buildings kompaniyasi asoschisi. Murod Nazarov boshchiligidagi birinchi yirik tijorat ko‘chmas mulki 2007 yilda bunyod etilgan Avalon biznes-markazi bo‘ldi. Shuningdek uning loyihalari orasidan Millenium (2011) turar-joy kompleksi, KDB bank binosi (2013), “Ko‘kcha qo‘rg‘oni”, Central  (2015), “Gulsaroy”, “Amir Temur”, Green city (2016) turar joy komplekslari hamda White Trio (2016), Duomo di Felicita (2017) biznes-markazlari o‘rin olgan. 

2016 yilda u “O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun 10 sabab” noyob kolleksiya kitobini yaratish g‘oyasining muallifi sifatida o‘zini namoyon qildi. Ushbu kitob xorijda ingliz va rus tillarida nashr qilingan. 

Murod Nazarovni biznes ambitsiyalarni o‘z sohasi va umuman jamiyat rivojiga hissa qo‘shish, ish va oila o‘rtasida mutanosiblikni saqlash, xayriya ishlari hamda yangi loyihalar uchun  g‘oyalar va imkoniyatlar bilan uyg‘unlashtirish qobiliyati ajratib turadi. Tadbirkor o‘z hayotida xayriya ishlariga alohida e'tibor qaratadi. Mazkur master-klassda Murod Nazarovning ishtiroki xayriya maqsadida ham yo‘lga qo‘yilgan. Tadbirdan tushgan mablag‘lar turar-joylar hovlisida zamonaviy bolalar maydonchalarining qurilishiga sarflanadi.  

Maykl Beng savdo-sotiq va xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalari bo‘yicha eng yaxshi xalqaro murabbiylardan biri hisoblanadi. Maykl Beng Panasonic, Toyota, Volvo, Renault, Landrover, Nestle, Unilever, Heineken, Toshiba kabi xalqaro kompaniyalarda xizmat ko‘rsatuvchi  minglab sotuvchilar, savdo-sotiq menejyerlari, top-menejyerlar va ishbilarmonlarga saboq bergan. Shuningdek Rossiyaning «Sberbank», «Megafon», «Omsk-Asko», «Natsionalnaya straxovaya gruppa» kabi kompaniyalar mutaxassislari uning ko‘rsatmalariga amal qilishadi. Mayklning savdo-sotiq sohasida va seminar o‘tkazishdagi tajribasi butun Yevropa, Rossiya, Yaponiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Meksika va Isroilda mashhurdir. 

Be The Change Group kompaniyasi haqida

Kompaniyaga 2015 yilda asos solingan. Asosiy faoliyati – o‘z sohasining ustalari ishtirokida ixtisoslashgan seminarlar, ma'ruzalar va treninglarni tashkillashtirish, mustaqil bilim olish va biznesni rivojlantirish bo‘yicha turli dasturlar yaratish. Kompaniya direktori - Lev Mixaylovich Gavrish – O‘zbek-Yapon Markazining Professional Menejment Dasturi bitiruvchisi. Ta'lim darajasini oshirishga va mamlakatlararo aloqalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan xalqaro loyihalarni amalga oshirishda katta tajribaga ega.

Bugungi kunga kelib, kompaniya o‘z sohasining yetuk ustalari bo‘lgan Brayan Treysi, Jon Pol King, Igor Mann, Dmitriy Turusin, Nikolay Doroshchuk, Denis Kaplunov kabi mashhur lektorlarning bir qator biznes-seminarlarini muvaffaqiyatli o‘tkazgan. 

Jurnalistlar uchun kontaktlar:
Tadbir matbuot xizmati
Pr&SMM Unique Present Media Holding bo‘limi
Telefon raqami: +99890185 20 63 
malika@upc.uz

Seminar tashkilotchisi
Be The Change Group kompaniyasi
Kamola Gulyamjanova
Telefon raqami: +99890 9941211
info@change.uz

Reklama huquqi asosida.

Top