05:54 / 11.08.2016
14787

Rio-2016: O‘zbekistonlik yana bir bokschi 1/8 finalga yo‘l oldi

Foto: Olympic.uz

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tayotgan 31-Yozgi olimpiada o‘yinlari davom etmoqda. O‘zbekiston vakillari ham musobaqada ishonch bilan harakatlanishmoqda.

Jumladan, 10 avgust kuni boks bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a'zosi Fazliddin G‘oyibnazarov kongolik bokschi Dival Malongaga qarshi ringga ko‘tarildi. Fazliddin uchrashuvda yaqqol ustun bo‘ldi. Kongolik sportchi zarbalarni ketma-ket qabul qilib olgach, hakam uchrashuvni muddatidan oldin yakunladi. Shu tariqa Fazliddin 1/8 finalga yo‘l oldi.

Mavzuga oid
Top