09:00 / 11.08.2016
10140

Suriyalik shifokorlar Obamaga yordam so‘rab murojaat qilishdi

Suriyaning Halabidagi shifokorlar AQSh prezidenti Barak Obamaga 250 ming aholiga yordam berishni so‘rab murojaat qilishdi.

AQSh prezidentiga yo‘llangan maktubni 29 shifokor imzoladi. Ularning ta'kidlashicha, agar shaharga hujumlar shunday kuch bilan davom etsa, unda shaharda hech kim tirik qolmaydi. Ular Obamani shahar ustidan parvozsiz hududni kiritishga chaqirishdi.

"Biz ko‘z yoshi, hamdardlik yoki duo qilishlarga muhtojmasmiz: biz Halabning sharqiy qismida bombardimonlardan xoli hudud kiritilishi hamda shahar yana qamal qilinmasligi uchun xalqaro ko‘makka juda ham muhtojmiz", deyilmoqda xabarda.

Avvalroq Rossiya Halabda gumanitar yordam olib ketayotgan avtokolonnalarning o‘tishi uchun uch soatlik gumanitar tanaffuslar kiritilishini e'lon qilgandi. BMTda bu muddat juda ozligi aytilib, 48 soatlik tanaffuslar kiritish taklif qilindi.

Top