08:04 / 12.08.2016
5084

Audi elektr ishlab chiqaruvchi podveska yaratdi

Audi kompaniyasi energiya ishlab chiqaruvchi avtomobil podveskasini (avtomobil kuzovi bilan yo‘lni bog‘lovchi bo‘g‘in rolini o‘ynovchi detal, tugun va mexanizmlar to‘plami) taqdim qildi. U eROT deb nomlandi.

Taklif qilinayotgan tizimda an'anaviy amortizatorlar elektromexanik rotatsion amortizatorlar bilan almashtirildi. Mashina harakatlanishi jarayonida maxsus mexanizm podveska elementlari ishlab chiqaradigan kinetik energiyani elektr energiyasiga aylantiradi.

Audi’da ta'kidlanishicha, tizim yo‘l qoplamasining turiga qarab 3 Vt dan 613 Vt gacha elektr energiya ishlab chiqarishi mumkin. O‘rtacha miqdor esa  100–150 Vt ni tashkil qiladi. 

Olingan elektr energiyasi litiy-ion akkumulyatorlarning maxsus 48 voltli blokida zaxiralanadi. Batareya doimiy tok o‘zgartirgichi orqali 12 voltli elektr bort tizimi bilan bog‘langan.   

eROT tizimi yo‘l qoplamasi yoki harakatlanish uslubiga ko‘ra amortizatorlar ko‘rsatkichlarini optimallashtirish imkoniyatini nazarda tutadi.

Top