20:29 / 12.08.2016
16603

Yengil atletika. 10000 metrga yugurish. Efiopiyalik rekord o‘rnatdi, O‘zbekiston vakili 23-o‘rinda keldi

Olimpiada—2016 musobaqasida 10 000 metr masofaga yugurish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi bahslar o‘tkazildi. Efiopiyalik yuguruvchi Almaz Ayana bu masofani 29 daqiqayu 17,45 soniyada bosib o‘tib, Olimpiada va jahon rekordlarini yangiladi. Ikkinchi bo‘lib Vivian Jyepkemoy Cheruyot (Keniya), uchinchi bo‘lib yana bir efiopiyalik Tirunesh Dibaba marraga yetib keldi.

O‘zbekiston vakili Sitora Xamidova esa 23-o‘rinni egalladi.

Top