23:45 / 12.08.2016
7661

Estoniyaga AQShning qiruvchi samolyotlari yetib keldi

Foto: © AP

AQSh harbiy-havo kuchlarining 12 ta F-15C qiruvchi samolyoti Estoniya poytaxti Tallin yaqinidagi Emari aviabazasiga 15 avgustda boshlanadigan birgalikdagi mashg‘ulotlarda ishtirok etgani keldi, deb ma'lum qildi Estoniya mudofaa vazirligi bosh shtabi.   

F-15C samolyotlari AQSh HHKning Yevropadagi qo‘mondonligining 493-qiruvchi eskadrilyasi tarkibiga kiradi. Bu eskadrilya Britaniyadagi Lakenheath aviabazasida joylashgan.

"Boshlanayotgan birgalikdagi mashg‘ulotlar AQSh bizning mintaqa xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha o‘z va'dalariga jiddiy qarashini ko‘rsatadi", deb aytdi Etoniya HHK shtabi boshlig‘i podpolkovnik Toomas Susi.

2 sentabrgacha davom etadigan mashg‘ulotlarda shuningdek Ruminiyadagi Campia Turzii aviabazasidan keladigan yana 4 ta F-15C, Buyuk Britaniya HHKning Boltiqbo‘yi davlatlari havo hududini himoya qilish bo‘yicha missiyani bajaruvchi 4 ta Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyoti, Estoniya HHKning L-39 mashg‘ulot samolyotlari hamda Emaridagi havo operatsiyalarini boshqarish markazi harbiylari ishtirok etadilar.

Top