20:10 / 12.08.2016
8645

Xitoylik suzuvchi Rioda doping qo‘llashda tutilgan birinchi ayol sportchi bo‘ldi

Foto: Getty Images

Riodagi Olimpiadada 18 yoshli xitoylik ayol suzuvchi Chen Sini siydik haydovchi modda –  gidroxlorotiazidni iste'mol qilgani aniqlandi. Sportchi Braziliyada olinmagan doping-sinovning natijalari haqida bilmaganini aytib, ayblovlarni rad etgan va CAS‘ga appelyatsiya bergan.

"Bu masalani jiddiy qabul qildik va Chendan tergovda to‘liq hamkorlik qilishni talab qildik", deyilmoqda CAS bayonotida.

Chen Sinining terma jamoa bo‘yicha sherigi Van Shun 200 metrga erkin usulda suzishda bronza yutgandan keyin bunga izoh berishdan  bosh tortdi.

"Men vaziyatni, tafsilotlarni yaxshi bilmayman", deb aytgan suzuvchi.

Xitoy aksildoping agentligi ham bu holatdan bexabar ekanlignini ma'lum qilgan. 

"Biz bu xabarni media vositalar orqali bildik. Hanuzgacha agentlik rasmiy tasdiqni olmagan", deb aytdi Xitoy aksildoping agentligi matbuot kotibi Li Keke.

Chen Sini 100 metrga batterflyay usulida suzishda 4-o‘rinni egallagandi. 12 avgustda u 50 metrga erkin usulda suzishda ishtirok etishi kerak edi.

Top