23:17 / 12.08.2016
4194

Hindiston bosh vaziri hukumat Kashmirdagi muammoni tinchlik bilan hal qilinishi yo‘lini izlayotganini ma'lum qildi

Foto: © AP

Hindiston hukumati Jammu va Kashmir shtatida muammoni tinchlik, konstitutsion yo‘l bilan hal qilinishi tarafdori, deb aytdi mamlakat bosh vaziri Narendra Modi shtatdagi vaziyat bo‘yicha o‘tgan anjumanda. Bu shtatda bir oydan ko‘proq vaqt mobaynida tartibsizliklar davom etmoqla.    

"Biz istalgan fikrlarga ochiqmiz, bizning eshiklar doimo ochiq. Biz Kashmirdagi muammoning tinlik bilan hal qilinishi tarfdorimiz", deb aytdi Modi.

Modi Kashmirdagi tartibsizliklar tufayli odamlar halok bo‘layotgani munosabati bilan afsus bildirdi.  

"Kim halok bo‘layotgani – tinch fuqaromi yoki xizmatchi – farqi yo‘q, biz ularning barchasi bo‘yicha qayg‘udamiz. Menga Jammu va Kashmirdagi hozirgi vaziyat og‘riq bermoqda. Bolalar maktablarga bora olmayotgani, rastalar egalari aziyat chekayotgani va hattoki davlat xizmatchilari o‘z ishlarini bajara olmayotganlari juda qayg‘ulidir", deb aytdi Modi.

Modi Pokistonni Kashmir muammosi bo‘yicha munosabati uchun tanqid qildi. 

Kashmir viloyatida ommaviy norozilik aksiyalari 8 iyulda 22 yoshli Burxon Muzaffar Vaniyning yo‘q qilinishidan keyin boshlangan. Vaziyat iyul oyi oxirida barqarorlasha boshlagan, 24 iyulda hukumat cheklovlarni ola boshlagan, biroq bu choralar yana tiklangan. Shu vaqt ichida ixtilofda 55 kishi, jumladan 2 politsiyachi halok bo‘lgan, deyarli 8 ming kishi turli darajadagi jarohatlar olgan.

Top