15:28 / 12.08.2016
11113

Putin o‘z ma'muriyati rahbarini o‘zgartirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tegishli farmoyish bilan prezident ma'muriyati rahbari Sergey Ivanovni lavozimidan ozod qildi. Kreml saytida ma'lum qilinishicha, endi u Rossiya prezidentining Tabiatni muhofaza qilish, ekologiya va transport masalalari bo‘yicha maxsus vakili sifatida ish olib boradi.

Putin o‘z ma'muriyatining yangi rahbari etib Anton Vaynoni tayinlagan. Bungacha u Sergey Ivanovning o‘rinbosari sifatida faoliyati ko‘rsatib kelayotgandi. Uning ishini endi Vladimir Ostrovenko davom ettiradi.

Xabar qilinishicha, Ivanov o‘zini ishdan ozod etishni prezidentdan o‘zi iltimos qilgan. 

Qayd etish kerakki, Sergey Ivanov avvalroq maxsus xizmatlarda ishlagan. U intervyularidan birida xizmat paytida Vladimir Putin bilan xonadosh bo‘lgani, josuslikka ishqibozligi haqida gapirib bergandi.

Razvedkada ishlagan vaqtlarini yodga olaturib u Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB)ning Leningrad boshqarmasida Putin bilan bitta xonada ishlaganini aytib o‘tgan.

Top