19:30 / 12.08.2016
13097

Rio-2016, dzyudo. Abdulla Tangriyev chorak finalga chiqdi

Foto: Olympic.uz

O‘zbekistonlik dzyudochi Abdulla Tangriyev Rio—2016 Olimpiadasidagi ikkinchi jangida ham g‘alaba qozondi. Dzyudoning erkaklar o‘rtasida eng og‘ir vazn toifasida (100 kilogrammdan ziyod vazn toifasi) ishtirok etayotgan Abdulla Tangriyev ruminiyalik Deniyel Nateaga qarshi tatamiga chiqdi va bu safar ham "ippon" bahosi bilan chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

U avvaliga "vazari" ishlagan bo‘lsa, bellashuv tugashiga 22 soniya qolganda "ippon"ni rasmiylashtirdi. 

Birinchi bosqichda Tangriyev samoalik Derek Suani ippon bahosi bilan mag‘lub etgandi.

Endi u chorak final bosqichida qirg‘izistonlik Yuriy Krakovetskiyga qarshi kurash olib boradi.

Top