11:01 / 12.08.2016
6221

Rio-2016. Regbichi jarohat olgach, tez yordam kelishini 1,5 soat kutib turishga majbur bo‘ldi

Rio-de-Janeyro olimpiadasi tashkilotchiligiga salbiy fikrlarni orttiradigan yana bir voqea sodir bo‘ldi.

Regbi bo‘yicha Yangi Zelandiya terma jamoasining asosiy o‘yinchisi Sonni Bill Uilyams Yaponiyaga qarshi o‘yin vaqtida og‘ir jarohat olganidan keyin tez tibbiy yordamni 90 daqiqa davomida kutib turishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Daily Telegraph xabar yozgan.

O‘yinning ikkinchi bo‘limi vaqtida Uilyams tovon qismidan jarohat olgan va maydonni zambilda tark etgan.

Lekin hududga chaqirilgan tez tibbiy yordam mashinasi haydovchi yo‘lda adashib qolgani tufayli 1,5 soatga kechikkan.

Regbichining bu og‘ir jarohatidan tuzalishi uchun 9 oy talab etilishi aytilgan.

Top