11:47 / 12.08.2016
39910

Shoh Rux Xon AQSh aeroportida ushlandi

Bollivud yulduzi Shoh Rux Xon Twitter tarmog‘i orqali AQSh aeroportining immigratsion organlari tomonidan uchinchi marta ushlanib qolinayotganligiga nisbatan o‘z noroziligini bildirdi. 

50 yoshli hind aktyori 2012 yilda Nyu-York immigratsiya xizmati xodimlari tomonidan ushlanib qolgan, o‘shanda uning hindistonlik muxlislari AQShni irqchilikda ayblashgandi. 

"Men dunyoda xavfsizlik saqlanishi kerakligini yaxshi tushunaman va buni hurmat qilaman, lekin har safar AQSh aeroportida ushlanib qolaverish juda jonga tegdi", - deb yozadi Xon o‘z tvitterida. 

Xonning ushlanib qolganligi haqida hind telekanallarida xabar tarqalganidan keyin AQSh davlat kotibi yordamchisi Nisha Bisval sodir bo‘lgan voqea yuzasidan tezda uzr so‘radi. 

"Aeroportdagi tanglik uchun uzr so‘raymiz, hattoki amerikalik diplomatlar ham bunday holatlarga duch kelishadi", - deb yozadi Bisval tvitterda. 

Vashington Xonning ismi sharifi musulmoncha bo‘lgani uchun ushlanib qolgani to‘g‘risidagi ma'lumotni inkor qildi.

2012 yilgi voqeadan so‘ng Xon bu borada hazillashib shunday degan: 
"Ha, doim shunday bo‘ladi...Har safar mag‘rurligim tutsa, Amerikaga chipta olaman. Immigratsiya xizmati xodimlari yulduzdan yulduzni "tepib chiqarishga" usta bo‘lishadi.

2009 yilda ham xuddi shunday voqea yuz bergan, o‘shanda ham hind xalqining noroziligidan so‘ng AQSh tomon uzr so‘ragan.

Mavzuga oid
Top