08:20 / 12.08.2016
6782

Tailandda navbatdagi portlash sodir etildi

Tailandning kurortlari va viloyatlarida bir nechta portlashlar sodir etildi. Ular oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Nation gazetasi xabar bermoqda

Portlashlar Xuaxin, Suratxani viloyatlari va Pxuket kurort shahrida sodir etildi. Suratxanidagi portlash bir ayolning o‘limi va bir kishining yaralanishiga olib keldi. Xuaxinda 4 kishi, Pxuketda esa 1 kishi yaralandi. Ta'kidlanishicha, Suratxanidagi bomba politsiya bo‘limi yaqinida portlatilgan.

12 avgustda Tailandda qirolicha Sirikit tavallud kuni nishonlanadi. Bu kun shuningdek Onalar kuni sifatida bayram qilinadi va dam olish kuni hisoblanadi.

Tailanddagi kurort shahrida bombalar portlatildi

Top