17:54 / 12.08.2016
3844

TIVda Kiprning yangi elchisi qabul qilindi

2016 yilning 12 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Kipr Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Georgios Kasulidisni (qarorgohi Moskva shahrida) qabul qildi.

Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar, jumladan Yevropa Ittifoqi, BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda turli sohalardagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, davlatlararo muloqotlarni hamda O‘zbekiston va Kipr Respublikasi biznes-doiralari o‘rtasidagi almashinuvlarni faollashtirishga ikki tomon ham qiziqish bildirdi.

Top