13:47 / 13.08.2016
10964

Nikita Xrushevning qizi hayotdan ko‘z yumdi

Moskvada KPSS Markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi Nikita Xrushevning qizi, publitsist Rada Adjuba hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda «Interfaks».

Adjuba, uzoq vaqt xastalikdan so‘ng, 88 yoshida vafot etgan. 

Hozircha, uni dafn qilish vaqti va joyi ma'lum emas. 

Rada Adjuba jurnalist bo‘lib, 50 yil mobaynida «Nauka i jizn» jurnalida faoliyat yuritgan. Uning turmush o‘rtog‘i Aleksey Adjubey «Izvestiya» gazetasining bosh muharriri edi.

Top