12:23 / 13.08.2016
7915

OAV: Yaponiya bosh vaziri Putinni Yamagutiga taklif etmoqchi

Foto: Reuters

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Rossiya prezidenti Vladimir Putinning norasmiy tashrifini tashkil etish istagini bildirdi, deb xabar qilmoqda Kiodo agentligi. 

Bu haqda, yapon hukumati rahbarining o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvida ishtirok etgan mulozimlar ma'lum qilgan. Rossiya prezidenti Xonsyu orolining janubiy g‘arbiy tomonida joylashgan Yamaguti prefekturasiga taklif etilishi mumkin. 

Hozircha mazkur rejaning boshqa tafsilotlari oshkor qilinmagan.

Top