09:21 / 13.08.2016
3338

Puerto-Rikoda Zika virusi sababli favqulodda vaziyat kiritildi

AQSh sog‘liqni saqlash vazirligi Puerto-Rikoda Zika virusi tarqalishi sababli favqulodda vaziyat kiritdi, deb ma'lum qildi vazirlik rahbari Silviya Beruell.

"Favqulodda vaziyatning kiritilishi bizga Puerto-Riko hukumatiga qo‘shimcha ko‘mak berishimizga imkon beradi va homilador ayollar, tug‘ruq yoshidagi ayollar va ularning sheriklari tomonidan zarur himoya qabul qilinishi muhimligini eslatib turadi", deb aytdi vazir. 

Ta'kidlanishicha, Puerto-Rikoda Zika virusi yuqishi bilan bog‘liq holatlar soni 6,6 mingtadan oshib ketdi.

Top