15:00 / 14.08.2016
9768

Gari Lineker so‘zida turdi

Angliyalik sobiq futbolchi, ayni vaqtda BBC telekanalining «Match of the Day» ko‘rsatuvida boshlovchi sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan Gari Likener o‘z va'dasida turdi va efirga ichki kiyimda chiqdi.

O‘tgan yilning dekabrida Lineker agar  «Lester» Angliyada chempion bo‘lsa, 2016-17 yilgi mavsumning ilk sonini ich kiyimda o‘tkazishga va'da qilgandi.

«Qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Men buni qadrlayman. Ajoyib hissiyotlar.

Va'damni bajardim. Lekin, ochig‘ini aytsam, juda noqulay bo‘ldi», — deya yozgan Lineker o‘z tvitterida.

«Biz sizning ustingizdan kulmaymiz, biz siz bilan birgalikda kulamiz», - deya yozgan BBC telekanalining boshqa bir eksperti, Lineker bilan birga Angliya terma jamoasida to‘p surgan Alan Shirer instagramdagi sahifasida.

Manba: Tribuna.uz

Top