14:54 / 14.08.2016
4822

Hindiston TIV Pokiston bilan muzokaralarga tayyor ekanligini bildirdi

© AFP

Hindiston tashqi ishlar vazirligi Pokiston bilan muzokaralarga tayyor ekanligini bildirdi, ammo bu muzokaralarda birinchi navbatda terrorizm muammosi muhokama etilishini shart qilib qo‘ydi. 

12 avgust kuni Pokiston bosh vazirining tashqi ishlar bo‘yicha maslahatchisi Sartaj Aziz Nyu-Dehli Islomobod bilan keng qamrovli muloqotga chiqmayotganligi hamda "Janubiy Osiyoda tinchlik qaror topish"iga o‘z hissasini qo‘shmayotganligini ma'lum qilgan. Shu munosabat bilan u "Pokiston Jammu va Kashmir masalasi bo‘yicha Hindistonni muloqotga chorlashi kerak"ligi hamda bu borada TIV hindistonlik hamkasblariga rasman murojaat qilishini aytgan. 

"Hindiston Pokiston bilan joriy dolzarb masalalar bo‘yicha muloqotni iliq qarshi olgan bo‘lardi", - deyiladi Hindiston TIV vakili Vikas Svarupning murojaatida. 

Hindiston tomonning fikricha, bu masalalar terrorizm muammolariga kelib taqaladi. Hindiston Pokistonni o‘ziga tegishli Jammu va Kashmir hududlarida terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda. Islomobod bu ayblovlarni inkor qilmoqda.

Top