17:56 / 14.08.2016
7127

Kongoda 45 kishi ommaviy qotillik qurboni bo‘ldi

Kamida 45 kishi Kongo Demokratik respublikasining sharqidagi Beni shahri hududida ommaviy qotillik qurboniga aylangan. Bu haqda shahar meri Nyoni Bvanakavaga asoslangan holda Sinxua agentligi xabar berdi.

Bundan oldinroq Frans Press agentligi bu hodisa vaqtida 35 kishi halok bo‘lgani haqida xabar tarqatgandi.

Ma'lum qilinishicha, noma'lum shaxslar guruhi Beni shahri yaqinidagi qishloqqa hujum qilgan. Mamlakat prezidenti Jozef Kabila bu hujumni terakt sifatida baholagan.

Voqea 13 avgust oqshomida sodir bo‘lgan. Mamlakat armiyasi vakili Maka Azukayaning so‘zlariga ko‘ra, bu hujum Ugandani ozod etish milliy armiyasi (ADF) tashkiloti a'zolari tomonidan sodir etilgan.

KDR sharqida shuningdek «Demokratik kuchlar alyansi» va «Ruanda ozodligi demokratik kuchlari» guruhlari harakat qiladi.

Top