07:51 / 14.08.2016
10344

Nyu-Yorkda imom otib ketildi

Foto: dailymail

Nyu-Yorkdagi masjidlardan birining imomi shaharning Kvins tumanida otib ketildi. Imom bilan birga bo‘lgan tanishi ham halok bo‘lgan. Bu haqda The New York Post nashri xabar bermoqda.

Voqea Ozon-Park hududida yuz berdi. Imom va uning tanishi "Al-Furkan" masjididan ibodatdan keyin uylariga qaytishayotganda ularga hujum uyushtirilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi qurbonlarning boshiga o‘q uzgan. Imom voqea joyida halok bo‘lgan, uning hamrohi og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan. Keyinroq erkakning joni uzilgani ma'lum qilingan.  

Voqea guvohlaridan birining aytishicha, u avval ikkita, keyin yana bitta o‘q ovozini eshitgan, so‘ngra ko‘chadan to‘pponcha bilan yugurib ketayotgan odamni ko‘rgan. Guvohlarning fikricha, qotil imom va uning hamrohiga ataylab suiqasd uyushtirgan.

Qotilni jinoyatga undagan sabablar noma'lum. Politsiya jinoyatchi ozodlikda yurganini va qotillik aynan diniy sabablarga ko‘ra amalga oshirilgani borasida isbotlar yo‘qligini aytgan.

Top